
Termaga chaqirib, meni bezovqa qilmang!
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Li Karsli “Arsenal” himoyachisi Ben Uayt xizmatidan foydalanmayotgani sababini aytdi.
26 yoshli Uayt 2022 yilgi jahon chempionati vaqtida Angliya terma jamoasini muddatidan oldin tark etganidan beri hali joyiga qaytgani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ben Uayt o‘sha paytdagi bosh murabbiy Garet Sautgeytning yordamchisi Stiv Xolland bilan urishib qolgan. Evropa chempionatidan keyin har ikki murabbiy ishdan ketdi. Ammo himoyachi hamon termaga qaytgani yo‘q. Yangi murabbiy esa, Uaytning fikrini o‘zgartirishga urinmasligini bildirdi.
- Oktyabr oyidagi yig‘inlar oldidan Ben Uayt bilan gaplashib ko‘ramanmi? Yo‘q, gaplashmayman. Bunaqa niyatim yo‘q. Bu masalani yaqinda bo‘lgan o‘yinlar qaydnomasi tuzilganda muhokama qilgandik.
Har bir o‘yinchi Angliya terma jamoasida o‘ynashga haqli. Bilishimcha, Ben Uayt uni bezovta qilmasligimizni so‘ragan. Agar bu borada fikri o‘zgarsa, demak inobatga olamiz.
Biz uchun maydonning har bir nuqtasida raqobat bo‘lishi muhim. O‘yinchi qancha ko‘p bo‘lsa, tanlov imkoniyati ham keng bo‘ladi, - dedi Li Karsli.
Fikrlar