Terri faoliyatini yakunlab, murabbiylikni boshlashi mumkin
Himoyachi Jon Terri oilasi sabab “Spartak” taklifini rad qilgan edi. The Sun nashrining yozishicha, “Chelsi” rahbariyati 37 yoshli angliyalik futbolchiga yoshlar jamoasida murabbiylik lavozimini taklif qilmoqchi.
Terri o‘zi so‘nggi 8-10 yil eng yaxshi sport formasida bo‘lganini ta’kidladi. U shuningdek, hozirda Angliya va xorijdan 3-4 jamoa taklif bilan chiqayotganini ham ma’lum qildi, ammo u murabbiylik ishiga qiziqmoqda.
Avvalroq “Spartak” muxlislarining Terrining jamoaga o‘tmaganligidan qattiq jahllari chiqqan edi.
Fikrlar