Tezkor! APLda yana bir uchrashuv qoldirildi

  • 1 yanvar, 2022, 11:31
  • 0
  • Futbol

2 yanvar sanasiga belgilangan Angliya premer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan “Sautgempton” – “Nyukasl” o‘yini nomalum muddatga qoldirildi.

Tashkilot rasmiy saytining ma’lum qilishicha, ushbu o‘yin ko‘p sonli jarohatlar va “qarg‘alar” safida ayrim futbolchilarda koronavirus testi musbat chiqqani uchun qoldirilgan.

Premer-liga rahbariyati o‘yinni boshqa vaqtga ko‘chirish haqidagi iltimosga rozi bo‘ldi, chunki "Nyukasl" hozirda tarkibdagi yo‘qotishlar tufayli o‘yinda ishtirok etish uchun etarlicha futbolchi (13 ta o‘yinchi va bitta darvozabon) to‘play olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!