
Tezkor! "Nasaf" a’zosi legionerga aylanadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy legionerga aylandi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli xavbek BAAning "Bani Yas" klubiga transfer qilindi.
Ma’lumot uchun, Mozgovoy "ajdaralar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum Superligada 14 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar