
Tezkor! Nursulton Ro‘ziboev may oyida jang qilishi mumkin
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboev may oyida jang qilishi mumkin. Hamyurtimiz 11 dan 12 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan "UFC Fight Night" turnirda jang qilish ehtimoli bor. Uning raqibi kim bo‘lishi hozircha noma’lum.
Ushbu musobaqaning markaziy jangida og‘ir vazn toifasida Derrik Lyuis va Rodrigo Nasimento o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziboev 31 mart kuni UFCda 2-jangini o‘tkazgan edi. Ushbu jangda hamyurtimizga aqshlik Sedrik Dyuma raqiblik qilgan. Birinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratgan Ro‘ziboev UFC'dagi ikkinchi jangida ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar