Tezkor! “Vulverxempton” Shomurodov masalasiga oydinlik kiritdi!

  • 2 avgust, 2022, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa matbuoti Angliya premer-ligasi vakili “Vulverxempton” A Seriyada “Roma” sharafini himoya qilgan Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritmoqchi ekani haqida ko‘p axborot tarqatyapti.

“Vulverxempton” media departamenti rahbari Maks Fittsjerald Shomurodov transferi bo‘yicha masalaga oydinlik kiritib o‘tdi.

- “Vulverxempton” Shomurodovga qiziqish bildirayotganini so‘rashyapti. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabar, - dedi  Maks Fittsjerald.

Italiyaning bir necha nufuzli nashrlari Angliya premer-ligasi vakili o‘zbek hujumchisiga og‘iz solayotgani haqida bir necha bor ma’lumot tarqatdi. Bundan tashqari, Shomurodovga A Seriyaning o‘zidan “Montsa”, “Sassuolo”, “Bolonya” va “Torino” jiddiy qiziqmoqda. Bu klublarning bari o‘zbek futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanini tasdiqlagan.

f953db8637977f9871c951e36e8189e9

Xususan, “Bolonya” Eldorni keyinchalik 9 million evroga xarid qilish majburiyati bilan bir yilga ijaraga olishga ko‘ndi. Bu klub vakillari endi futbolchining agentlari bilan muzokara o‘tkazib, legionerimizning roziligini olishi kerakligi aytilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Sassuolo” ham Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakatlarni amalga oshirishga kirishgan. Bu klub vakillari “Torino” va “Bolonya”dan yaxshiroq taklif berishga intilyapti.

Shomurodovning “Vulverxempton” bo‘yicha pozitsiyasi aniq bo‘ldi!

Belotti kutib tur, Shomurodov ketvosin!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Khaydarov Fakhriddin
02/08/2022 23:07
Сизлардан илтимос, Шомуродов трансфери буйича аник бир гап чикмагунча хар бир соатда макола чикараверманглар...
Uchqunbek Habibullaev
02/08/2022 23:12
Бу хабарлар Шомуродовнинг нархини кўтариш учун Италия нашрлари томонидан тарқатилган ахборот бўдиши мумкин. Рома 17 млн га олинган футболчини арзон нархга сотиб куйиб қолмаслиги учун бу қуролни ишга солган кўринади. Нима бўлган тақдирда ҳам Элдор ўзи учун қулай вариантни танлаши керак. кўпроқ ўйин амалиёти берадиган, трамплин вазифасини бажарадиган клубга ўтиб меҳнат қилишда давом этиши керак. Агар насибасида бўлса ўзи орзу қилган Челсида ўйнаши учун унда ҳали вақт ҳам имконият ҳам йўқ эмас.