Tezkor xabar! Rossiya terma jamoasi rasman JCh-2022 dan chetlatilgani yo‘q
Xabaringiz bor bundan avvalroq Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiya federatsiyasi sportchilarini 4 yilga xalqaro yirik musobaqalardan chetlatish bo‘yicha qaror qabul qildi. Endi rossiyaliklar Tokio-2020 va JCh-2022da ishtirok eta olishmaydi.
Ammo, ushbu xabardan so‘ng Rossiya futbol ittifoqi ularni JCh-2022 dan chetlatish bo‘yicha FIFAdan hech qanday ogohlantirish bo‘lmaganini ma’lum qildi.
“Rossiya futbol ittifoqi hali WADA ning ushbu sanktsiyasi bo‘yicha FIFAdan hech qanday rasmiy ogohlantirish olgani yo‘q.
Biz antidoping siyosatini diqqat bilan kuzatib boryapmiz va umid qilamizki FIFA terma jamoalarimiz uchun hamda Rossiyada turli futbol musobaqalarini o‘tkazish uchun cheklovlar qo‘llamaydi”, - deb yoziladi RFS matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Fikrlar