“The-afc.com”: Markaziy zonada guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?

  • 25 may, 2021, 10:50
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti hisoblangan “The-afc.com” OFK Kubogi guruh bosqichining Markaziy Osiyo zonasi o‘yinlariga e’tiborini qaratdi va eng yaxshi futbolchilarni saralab oldi. Muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma tipida o‘tkazilayotgan tanlovda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan “Nasaf”dan ham futbolchilar bor. Quyidagi havola orqali ularga ovoz berishingiz mumkin: 

Ovoz berish uchun ushbu havola ustiga bosing


Biz esa sizga maqolaning to‘liq tarjimasini taqdim etamiz: 

 

Elman Tagaev (“Ahal”) - 2 ta o‘yin, 3 ta gol

Tagaev guruh bosqichining, so‘zsiz, eng yaxshi futbolchilaridan biri. Turnir joriy mavsumida 20 daqiqa harakat qilib ulgurmasidan, Elman hisobida 2 ta gol paydo bo‘ldi va bu “Ravshan” ustidan qozonilgan g‘alabada (3:1) etakchi o‘rin tutdi. 

Bu hali Turkmaniston terma jamoasining sobiq futbolchisi uchun hammasi emasdi: “Dordoi”ga qarshi kechgan o‘yinda u yana bitta gol urib, klubiga Markaziy Osiyo mintaqasi final chiptasini taqdim etdi. 

axwgnjmduawa1toikzeq

Sherzod Nasrullaev (“Nasaf”) - 3 ta o‘yin, 1 ta gol, 4 ta assist

“Nasaf” hujumining motori deb ta’riflashimizga munosib bo‘lgan Sherzod o‘zi harakat qilgan chap qanotda raqiblariga hech qanday bo‘sh hudud qoldirmasligi bilan birga, jamoasining gollarida doimiy qatnashib turdi. 

“Ajdarlar” guruh bosqichida urgan 9 ta golning 5 tasida Nasrullaevning ishtiroki guvohi bo‘lasiz. U har 47 minutda bitta golli uzatma amalga oshirib, ulkan samaradorlik ko‘rsatdi. 

k2mbfzjppg5g5hfspt3o

Altimirat Annadurdiev (“Oltin Asr”) - 3 ta o‘yin, 4 ta gol

Turkmaniston Yuqori ligasida o‘tgan mavsum 35 ta gol urgan futbolchidan jamoaning asosiy yulduzi e’tibori bilan ko‘p narsa kutilishi tabiiy edi. Altimirat ham o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, 4 ta gol urishga erishdi. 

“Xo‘jand”ga qarshi o‘yinda u namoyish etgan klass jamoasiga g‘alaba olib keldi. 

o5obbu21dgj3cgbuycw3

Abay Bokoleev (“Dordoi”) - 2 ta o‘yin, 2 ta gol

Qirg‘iz klubining milliy chempionat doirasidagi to‘purari hisoblangan Abay OFK Kubogida ham xuddi shu notadagi o‘yinlarini davom ettirdi. “Ravshan” ustidan 3:0 hisobida erishilgan g‘alabada uning dubli asosiy rolni o‘ynadi. 

Ha, birinchi golni ko‘proq joy tanlashdagi mahorat deb ta’riflash mumkin. Ammo ikkinchi gol haqiqiy hujumchilarga xos tarzda kiritildi. 

toojn7hskjbf3n5o8nrk

Akmal Mozgovoy (“Nasaf”) - 3 ta o‘yin, 1 ta assist, 1 ta gol

“Nasaf”dan ushbu ro‘yxatga qancha futbolchi kiritsak ham kamdek ko‘rinaveradi. Ammo markaziy yarim himoya vakili hisoblangan Akmal Mozgovoy qarshiliklarning jamoaviy futboli ramzi sifatida ushbu futbolchilar orasidan o‘rin olishga haqlidek. 

Statistika o‘rnida aytib o‘tishimiz kerakki, Mozgovoy har bir bellashuvda o‘rtacha 70 tadan pas uzatishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu paslarning 97,5 foizi o‘z manziliga aniq etib borgan. Raqibdan to‘pni olib qo‘yish ko‘rsatkichi o‘zbekistonlik yarim himoyachida 22 tani tashkil etmoqda. 

wr0f4oeybkl5e8clchky_1

Dilshod Bozorov (“Xo‘jand”) - 3 ta o‘yin, 2 ta o‘yin

Tojik grandining 4 ochkosi guruhdan keyingi bosqichga yo‘llanma olish uchun etmadi. Bu borada, aybsiz futbolchini izlash kerak bo‘lsa, u shubhasiz Dilshod Bozorov bo‘ladi. “Oltin Asr” va “Oloy”ga qarshi bellashuvlarda u bittadan gol urib, o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. 

Bu shunchaki uning OFK Kubogi joriy mavsumidagi 2 ta goli ustida borayotgan gap emas. Mana shu gollarni urar ekan, u OFK Kubogining so‘nggi 5 uchrashuvida 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

serjtc6puebxcdacscag

“The-afc.com” saytidan Abdulvosid Valixonov tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
25/05/2021 13:29
Akmal Mazgavoy. utkan yildan beri. Uzbekistonga uz pazitsasiga yakka hukmron. uyinni sinchkovlik bilan tomosha qilgan odam. fudbolni maydonni ichidan his qilgan odamgena biladi. Akmal qanaqa katta hajmdaki ishni qilishini. Nasafka ham Akmal tushmagan uyinlarga Nasafni uyinni jozibasi qochadi. butun maydon buylap legiropka qiladi Akmal. MTJ jamoa. aynan shunoqa. uyinchilar uynashi kerak. ayni mament urtaga Mazgavoy. Hamrabekov Shukurov. shula topsherish kerak. yonderadi.