The Ring tasdiqladi. Naoya Inoue Murodjon Ahmadalievga qarshi jang qiladi!

  • 7 mart, 13:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg) toifasida mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouening 2025 yilda ikkita jang o‘tkazishi tasdiqlandi. 

Tecno

Bu haqda Saudiya Arabistoni ko‘ngilochar boshqarmasi boshlig‘i Turki Al ash-Sheyxga tegishli "The Ring" nashri xabar berdi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, Naoya 4 may kuni Las-Vegasda meksikalik Ramon Kardenasga qarshi ringga ko‘tariladi. G‘alaba qozongan taqdirda, 14 sentyabrda Tokio shahrida hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievdan kamarlarini himoya qiladi. Murodjon ayni paytda Indiodagi o‘zbek bokschilari qarorgohida mashg‘ulot o‘tkazyapti. 

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Naoya Inoue 2012 yilda professional boksda debyut qilgan. Oltinchi jangida birinchi o‘ta engil vazn (50,8 kg) toifasida WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. 

Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!