The Sokhibov blogi. Tinib-tinchimayotgan Messi va “raqobat”da ustunlik qilayotgan Ronaldu

  • 17 oktabr, 2017, 20:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har gal Messi va Ronaldu o‘rtasidagi raqobat haqida gap ketganda, Lionelning har ikkala oyog‘ida birdek o‘yin ko‘rsata turib, bosh bilan ham ajoyib tarzda foydalana olishini ko‘z oldingizga keltiring, masala hal bo‘ladi, qoladi. Ronalduning iqtidoriga gap bo‘lishi mumkin emas, ammo uning bu darajaga kelgunga qadar uzluksiz mashq qilishi va ter to‘kishiga to‘g‘ri kelganini ham inkor etib bo‘lmaydi.

Tecno

Messi masalasiga kelsak, muxlislarining og‘zini ochirib qo‘yish uchun unga yaxshi kayfiyatning o‘zi kifoya qiladi. Umuman olganda, Messining vazmin, jiddiy va eng asosiysi, sadoqatli fe’l-atvor egasi ekanligi “Barselona” ning baxti. Chunki Lionelning boshqa klubga o‘tib ketmasligiga ham uning takrorlanmas fe’li sababdir. U o‘zi uchun qulay bo‘lgan muhitni tark etishni istamaydi. “PSJ” yoki “Manchester Siti” uni har qanday pulga sotib olishga tayyor, biroq muammo bitta – buning uchun Messida xohish yo‘qligida.

Tasavvur qiling, siz bir klubning rahbarisiz, o‘z klubingiz uchun jon kuydirasiz, hisobingizda bir necha milliard dollar “oyoq uzatib” yotibdi, mamlakatingiz tabiiy boyliklari ham etib ortadigan darajada... Shunday bir vaziyatda jamoangiz uchun futbol tarixidagi eng kuchli o‘yinchini sotib olmasmidingiz? Rad etishga urinmang, albatta, sotib olardingiz. Hatto bunga bir milliard dollar tikishga to‘g‘ri kelsa ham...

Ushbu matn ikki yil avval SPORTS.uz sayti uchun maxsus tayyorlangan, faqatgina umuman boshqa sabablar bilan. Shunga ko‘ra, “Siti” Messi uchun rekord darjasidagi summani to‘lashga tayyor ekanligi haqidagi xabarlar quloqqa chalina boshladi...

 


 

Mavzudan uzoqlashmagan holda, Ronaldu va Messi o‘rtasida siz e’tibor qilmagan, hayolingizga ham kelmagan "g‘alati" raqobat borligini ham ta’kidlab o‘tsak. Barchaga yaxshi tanish bo‘lgan futbol sharhlovchisi Davron Fayziev bu haqda barchani boxabar etdi.

"Birinchi bo‘lib U boshlab berdi. Bu esa etib olib, keyin o‘tib ketdi. U ikkita bilan javob berdi va yana oldinga chikib oldi. Baribir Bu etib oladigan bo‘ldi. U esa yana o‘tib ketishi mumkin.

Messi uchinchi bor farzand ko‘rish arafasida ekan. Hisob tenglashadi. Lekin, Ronaldu to‘rtinchi bor ota bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ammo, Messi to‘xtamasligi aniq.

Ronalduning katta o‘g‘li bilan Messining katta o‘g‘lining yoshi o‘rtasidagi farq ham otalarining yoshlari orasidagi farq bilan kunigacha bir xil. Qoyil qolmasdan iloji yo‘q.

Bu yoqda oltin to‘p hisobi 5:5 bo‘lish arafasida... G‘alati bularning qarama-qarshiligi, borku"


“SPORTS.uz” da maxsus loyiha, The Sokhibov blogi. Yurtimiz va jahon sportiga oid qiziqarli maqolalarni aynan ushbu blogda kuzatib borishigiz mumkin. Loyihaning ikkinchi soni juma kuni taqdim etiladi.

*Sizni qanday mavzudagi maqolalar qiziqtiradi? Bizga Telegram orqali ma’lum qiling (“SPORTS.uz” ga yozing).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!