"The Special One"ning Turkiyadagi sarguzashtlari boshlandi!

  • 3 iyun, 2024, 07:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining yakuniga etgan mavsumida "Fenerbaxche" atigi 1 marotaba mag‘lubiyatga uchradi. Shu bilan birga, 99 ochko to‘plab ikkinchi o‘rinda qoldi. Chempionlik esa 102 ochko to‘plagan "Galatasaroy"ga nasib qildi. Klub 10 yildan beri liga sovrinini qo‘lga kirita olmayapti. So‘nggi bor istanbulliklar 2014 yilda mavsumni birinchi o‘rin bilan yakunlagan. Rahbariyat esa bu borada "The Special One"ga murojaat qildi. 

Rasm

Chempionlar ligasi finali o‘tib borayotgan bir paytda "Fenerbaxche" rasman Joze Mourino bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Bu paytda esa portugaliyalik mutaxassis "Uembli"da "Borussiya" - "Real" bahsini tomosha qilayotgandi. Ertasi kuni u Turkiyaga etib keldi va murabbiyning tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimni stadionga tashrif buyurgan va televizor orqali tomosha qilganlardan tashqari "Youtube" orqali 200 mingdan ziyod inson jonli efirda ko‘rib borgan. 

Rasm

"Odatda murabbiylarga g‘alabalardan so‘ng hurmat ko‘rsatiladi. Men esa oldinroq sevilmoqdaman. Bu men uchun katta ma’suliyat. Men Turkiya uchun keldim, shu mamlakat ligasiga yordam bermoqchiman, lekin eng asosiysi "Fenerbaxche". Shartnomaga qo‘l qo‘yganidan beri sizning orzuingiz, menikaga ham aylandi", - dedi Mourino. 

61 yoshli mutaxassis yanvar oyida "Roma" rahbariyat tomonidan iste’foga chiqarilganidan keyin Ko‘plab klublarda ishlashi haqida mish-mishlar chiqdi. Uning APLga qaytishi borasida ham xabarlar yo‘q emasdi. Ammo bunday bo‘lgani yo‘q. Endi uning yangi vazifasi "Fenerbaxche"ni 10 yildan buyon davom etayotgan qora an’anasiga nuqta qo‘yishdir. 

Your dreams are my dreams' - Inspired Jose Mourinho gives first address to  Fenerbahce fans at unveiling

Bundan oldin Joze "Roma"ni 1961 yildan beri Evrokuboklardagi omadsizligiga chek qo‘ya olgandi. Uning shogirdlari Konferentsiyalar ligasida zafar quchgandi va o‘sha tarkibda Eldor Shomurodov ham bor edi. 

20 yillik faoliyati davomida 26 ta sovrin yutgan murabbiy "Inter" va "Portu" bilan Chempionlar ligasini ham qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sobir Qandahorov
03/06/2024 13:20
Real bilan YeCHL yutmagan