Tibo Kurtua o‘zining orzular jamoasini tuzdi

  • 20 sentabr, 2024, 18:22
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua mashxur podkast mehmoni bo‘ldi. Suxbat davomida undan tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan iborat jamoani aytishini so‘rashdi. Albatta tarkib 11 nafar futbolchidan iborat bo‘lishi kerak edi. Biroq Kurtua Marselo, Fabio Kannavaro, Serxio Ramos, Alessandro Nesta va Paolo Maldinidan birini chiqarib tashlay olmadi. Shuning uchun u besh nafar afsonani ham orzular jamoasiga kiritdi va natijada 12 nafar futbolchidan iborat tarkib jamlandi.

Kurtuaning ideali bo‘yicha ramziy terma jamoa:
Darvozabon: Iker Kasilyas

Himoyachilar: Marselo, Fabio Kannavaro, Serxio Ramos, Alessandro Nesta, Paolo Maldini

Yarim himoyachilar: Andres Iniesta, Zinedin Zidan, Toni Kroos

Hujumchilar: Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Ronaldo Nazario.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!