Tim Tszyu katta "nahang"larni ko‘zlamoqda...

  • 16 fevral, 2024, 11:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBO yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rta vazn (69,9 kg)da jahon chempioni Tim Tszyu Kit Turman bilan bo‘lajak jang qanchalik muhim ekanligini tushuntirdi. Tszyuning so‘zlariga ko‘ra, g‘alabadan keyin uning oldida Terens Krouford yoki Errol Spens bilan katta jang o‘tkazish imkoniyatlari ochiladi.

“Men Kroufordning imkoniyatlariga yuqori baho beraman. U har kim bilan jang o‘tkazishga tayyor. Shuning uchun uni katta xavf deb bilaman. Biroq, men uni mag‘lub eta olaman, deb o‘ylayman. Shuning uchun bo‘lajak jang juda muhim", – dedi Tim.

Eslatib o‘tamiz, Tim Tszyu(24-0, 17 KO) navbatdagi jangini Kit Turman(30-1, 22 KO)ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu qarama-qarshilik 31 martga o‘tar kechasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!