Tim Tszyu: "Siz ham men kabi bo‘lishni istaysizmi? Unda..."

  • 15 fevral, 2024, 12:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Birinchi o‘rta vazn(69,9 kg) toifasidagi WBO chempioni avstraliyalik Tim Tszyu nega yaqin kelajakda uylanmoqchi emasligini tushuntirdi.

Tecno

“Sportdagi muvaffaqiyatlardan hech qachon qoniqmayman. To‘g‘risi, bu mening hayotimga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo men hech qachon harakatdan to‘xtamayman. Men ta’tilga dam uchun chiqolmayman. To‘y yoki unashtiruv kabi narsalarga ortiqcha vaqtim va toqatim yo‘q . Siz ham men kabi bo‘lishni istasangiz, doimo o‘z oldingizga yangi maqsadlar qo‘yishingiz kerak", - dedi Tszyu Fox Sports Australia ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida Tszyu (24-0, 17 KO) yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida sobiq chempion amerikalik Keyt Turman (30-1, 23 KO) bilan ringga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!