
Tim Tszyu ularni "bir to‘da mushukchalar" deb atadi
WBO yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rta vazn(69,8 kg)da jahon chempioni Tim Tszyu(24-0, 17 KO) zamonaviy bokschilarni "bir to‘da mushukchalar" deb atadi.
U shuningdek, chinakam eski boks maktabidan chiqqan jangchilar qolmaganini ta’kidladi.
"Bugungi kunda eski boks maktabidan chiqqan jangchilar qolmadi. Zamonaviy bokschilar "bir to‘da mushukchalar"ga o‘xshaydi: yilda bir marta jang qilishadi va 2 yil dam olishadi. Faqatgina men to‘g‘ri yo‘l tutyapman. Chunki men harakatsiz qolmadim. Hozir ham men har qanday raqib bilan jang qilishga va uni yanchib tashlashga tayyorman", - dedi Tszyu Boxing Scene nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, engilmas Tszyu Keyt Turmanga qarshi 30 mart kuni Las-Vegasda jang qiladi.
Fikrlar