Timur Kapadze: "Afsuki, sovg‘adan foydalana olmadik"

  • 22 iyun, 2024, 13:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 12-turida "Bunyodkor" - "Olimpik" uchrashuvida tomonlar durangga imzo chekdi. 

O‘yinda hisobni Abduholiqov ochishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, mezbonlar tarkibidan ikkita futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatildi. 59-daqiqada esa Rahimjonov imkoniyatlarni tenglashtirdi. So‘nggi daqiqalarda esa mehmonlar penaltiga ega chiqishdi, lekin hisob o‘zgarmadi. 

Uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yinda kutilmagan narsalar ko‘p bo‘ldi. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. "Bunyodkor" uchun har bir bahs finaldek. Biz ruhan tayyor bo‘lib bahsga etib keldik, ammo qizil kartochkalar o‘yin foniga ta’sir qildi. Menimcha, g‘alaba qozonish uchun imkoniyatimiz yaxshi edi. Shunga qaramay,  qaldirg‘ochlar 8-9 kishi bo‘lib himoyalandi. Qo‘shimchasiga, darvozabon ham ishonchli o‘yin o‘tkazdi. Afsuki, sovg‘adan foydalana olmadik. Ortiqcha gap-so‘zga xojat yo‘q. Mana shunday uchrashuvlar ham bo‘ladi. "Bunyodkor"ga omad tilayman. Qaerdadir yoshlik qildik. Bir yarim taym zich himoyani ochishga harakat qildik, imkoniyat yaratdik, biroq ularni darvozabonini omadi keldi. Ikki jamoaga ham omad.

Bellashuvni boshini yaxshi boshlamaganimiz aniq. Kirishib ketishda muammolar bo‘ldi. "Bunyodkor" 11 kishi bo‘lib futbol o‘ynaganida boshqacha bo‘lishi mumkin edi. To‘p nazorati bizga o‘tgandan keyin, vaziyat yaratishga harakat qildik. shu sababli, turli hil uslubda hujum qilishga to‘g‘ri keldi.

Menimcha, Jo‘raqo‘ziev bellashuvga yaxshi qo‘shilib ketdi. Gol kiritdik, ketma-ket imkoniyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Qaerdadir klass etishmadi, yana qaerdadir raqib mudofaa chizig‘i ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Hozir, nafaqat bizda, balki boshqa grandlarda ham vaziyatdan foydalanmaslik kuzatilmoqda. Realizatsiya birinchi navbatda futbolchilarning o‘zi uchun plyus. Bu tajriba bilan keladi degan umiddaman", - dedi Temur Kapadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!