Timur Kapadze: "Bunday yirik hisobda g‘alaba qozonamiz deb o‘ylamagandim"
“Surxon” – “Olimpik” o‘rtasidagi o‘yinda Timur Kapadze jamoasi javobsiz 5 ta gol urgan holda g‘alaba qozonib, ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Ammo “Surxon”da ikkita chetlatish ham kuzatildi va bu natijaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uchrashuvdan so‘ng, “Olimpik” ustozi Kapadze Sports.uz muxbiriga o‘yin bo‘yicha shunday dedi:
“Albatta, o‘yindan avval bunday yirik hisobda g‘alaba qozonamiz deb o‘ylamagandim. Chunki “Surxon” yaxshi jamoa. Qiyin uchrashuv bo‘lishi aniq edi.
Raqib o‘yinchilari chetlatilmaganida g‘alaba qozonish oson bo‘lmasdi. Lekin bu o‘yinda g‘alaba qozonishimizga ishonardim. Negaki, yigitlarimizni kuchini va imkoniyatini yaxshi bilaman. Qolaversa, “Surxon”ning kuchli hamda zaif joylarini ham bilardik”.
Fikrlar