Timur Kapadze: "Ruhshunos futbolchilar bilan suhbat olib bordi"

  • 16 aprel, 2023, 22:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 6-turidan o‘rin olgan «Olimpik» – «Buxoro» (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

«Buxoro» quyi pog‘onalarda borayotgani sabab ularda bosim bor edi va shu sabab bizni qiyin uchrashuv kutib turganini bilar edik. Qolaversa, raqib jamoada bosh murabbiy ham almashgan edi. Asosiysi, g‘alabaga erishdik. 10 kishi qolganimzda katta bosim bo‘ldi va yigitlar iroda namoyish etishdi. O‘ylashimcha, qizil kartochka bo‘lmaganida, ko‘proq gol kiritishimiz ham mumkin edi.

Chetlatishlar ko‘payib ketmoqda. Biz bu borada ham ish olib boryapmiz. «Turon» bilan o‘yin oldidan diskvalifikatsiya qilingan futbolchilarimiz soni 5 taga etdi. Ruhshunos bu masalada futbolchilar bilan suhbat olib bordi. Bugungi vaziyatga keladigan bo‘lsak, futbolchiga tajriba etishmadi, yigitlarning yoshligi sabab ularga sovuqqonlik etishmayapti. Ushbu mavsum nafaqat bizda, balki, qolgan jamoalarda ham qizil kartochkalar ko‘payib qoldi”, – dedi Kapadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!