
Toirov: "Maqsadimiz aniq..."
“Andijon” ertaga Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi muhim o‘yinini o‘tkazadi. Hozir barcha e’tibor bo‘lajak bellashuvga qaratilgan.
Jamoaning iste’dodli yarim himoyachisi – Muhammadkarim Toirov ertangi uchrashuv oldidan klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:
“Avvalambor, “Andijon” klubi nomidan barchani Ramazon hayit bayrami bilan tabriklayman.
Bizni uzoq yoki yaqin demasdan hamma vaqt stadionga kelib qo‘llab-quvvatlayotgan va kuchimizga kuch qo‘shayotgan muxlislarimizni ertangi bo‘lib o‘tadigan “Metallurg” bilan uchrashuvda ham kutib qolamiz. Xudo xohlasa, ertaga g‘alabamizni qo‘lga kiritgan holda ishqibozlarimiz bilan birga nishonlash nasib qilsin.
Biz bo‘lajak o‘yinga astoydil tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Maqsadimiz aniq. Maydonda jiddiy kurash kechadi. Lekin biz murabbiylarimizning ko‘rsatmalariga amal qilgan holatda o‘yin ko‘rsatib, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara olamiz”, - deydi Toirov.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar