
Tojikistondagi CAFA U-15 musobaqasiga o‘zbekistonlik qaysi hakamlar jalb etildi?
Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan CAFA U-15 musobaqasida o‘zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib boradilar.
O‘FA matbuot xizmatining xabariga qaraganda, xususan, Abdurashid Xudoyberganov bosh hakam, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Hasan Nabiev yordamchi hakam, Valentin Kovalenko esa hakamlar nazoratchisi sifatida ishlaydigan bo‘ldi.
Server Jeparov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ushbu musobaqada qatnashish uchun Dushanbega etib kelgan va “Atlas” mehmonxonasiga joylashishdi. 19-23 noyabr kunlari davomida vakillarimiz Eron, Qirg‘iziston va Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar