Tokio-2020. Bahodir Jalolov keyingi bosqichda. Bugun sportchilarimiz yana qanday natijalar qayd etishdi?

  • 29 iyul, 2021, 16:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida 5 nafar hamyurtimiz ishtirokidagi bahslar guvohiga aylandik.

Tecno

Akademik eshkak eshish: Shaxboz Xolmurzaev/Sobir Safaraliev (S final)

Dzyudo: Muhammadkarim Hurramov

Boks: Bahodir Jalolov

Boks: Tursunoy Rahimova

Boks: Fanat Qahramonov

Akademik eshkak eshish. Akademik eshkak eshuvchilarimiz Shaxboz Xolmurzaev va Sobir Safaraliev S finalda ishtirok etdi va 6 jamoa ichida to‘rtinchi bo‘lib marraga etib keldi hamda musobaqa bilan xayrlashdi.

photo_2021-07-29_08-58-53

Dzyudo. -100 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilimiz Muhammadkarim Xurramovga dastlabki bosqichda irlandiyalik Benjamin Fletcher raqiblik qildi. Bellashuvda vakilimiz vazari bahosi bilan bahs taqdirini o‘z foydasiga hal etdi. 

Keyingi bosqchida Muhammadkarim yaponiyalik Aaron Volf bilan to‘qnash keldi va mag‘lubiyatga uchrab, Olimpiada bilan xayrlashdi.

photo_2021-07-29_08-23-34

Boks. -51 kg vazn toifasida Tursunoy Rahimova turkiyalik Buse Naz o‘rtasidagi ajoyib bellashuv shohidiga aylandik. Dastlabki raundda g‘alaba qozongan hamyurtimiz yakunda 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Tursunoy Rahimova ham Olimpiadani tark etdi.

photo_2021-07-29_09-02-01

-75 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fanat Qahramonov qozog‘istonlik Amanqul Abilxan bilan kuch sinashdi. Qahramonov ham ilk raundni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishiga qaramay, yakunda hakamlarning qaroriga ko‘ra 5:0 hisobida qo‘shni davlat vakiliga imkoniyatni boy berdi. Qozog‘istonlik sportchi rishini davom ettiradigan bo‘ldi.

photo_2021-07-26_15-10-54

+91 kg vazn toifasidagi Bahodir Jalolov nimchorak finalda ozarbayjonlik Mahammad Abdullaev bilan jang o‘tkazdi. Jalolov bahsda yaqqol ustunlik qildi - 5:0. Vakilimiz chorak finalga yo‘l oldi.  Bahodir endi navbatdagi bosqichda hindistonlik Satish Kumarga qarshi bahs yuritadi.

photo_2021-07-29_08-36-49

Shu bilan sportchilarimizning bugungi chiqishlari yakunlandi. 5 vakilimizdan 4 tasi Olimpiada bilan xayrlashdi, Bahodir Jalolov esa keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ertaga 30 iyul kuni 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi Olimpiadada ishtirok etadi.

Quyida ushbu sportchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:

1.Bobousmon Baturov (boks, erkaklar -69 kg) – 08:36

2.Bekmurod Oltiboev (dzyudo, erkaklar -100 kg) –

3.Rayxona Qodirova (boks, ayollar, -60 kg)  13:15

4.Roksana Xudoyarova (uch xatlab sakrash, ayollar, saralash) – 15:05

5.Natalya Kritinina (suzish, ayollar, 50 m erkin usulda) – 15:34

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!