Tokio-2020 kumush medallarini tayyorlash uchun kumush metali etishmayapti

CHERY AUTO

Tokio-2020 olimpiadasi tashkilotchilari kumush medallarini tayyorlashda kumush metali etishmovchiligiga uchrashlari mumkin.  Bu haqda The Straits Times nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ilgariroq, Tokio-2020 olimpiadasi medallari qayta ishlangan metallardan tayyorlanishi aytilgan edi. Hozirga qadar kerakli bronzaning yarmidan ko‘pi etkazib berilgan, biroq, kumush ma’dani kamlik qilmoqda.

Qayd etish  joiz, bunday qayta ishlangan metallardan tayyorlangan medallar yasash an’anasi mana uchinchi yozgi olimpiadada ham davom etmoqda. Bunga qadar London va Rio olimpiadalari medallari ham aynan qayta ishlangan metallardan tayyorlangan edi.

Ma’lumot uchun, medallar uchun metallar eski smartfon va eski kompyuterlardagi kichik metallardan olingan materiallardan tayyorlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!