
Tokio-2020. Sportchilarimiz ishtirokidagi ikkinchi kungi bahslar yakunlandi
Bugun, 25 iyul kuni 11 nafar hamyurtimiz Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini o‘tkazdi. E’tiborlisi, bugun taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Aytish kerakki, u O‘zbekiston taekvondosi tarixida yangi sahifa ochdi. Aynan Rashitov Olimpiya o‘yinlarida medalga sazovor bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik taekvondochiga aylandi.
Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin bilan umumjamoa hisobida 11-o‘rinda bormoqda.
18:01. Og‘ir atletika. Hamyurtimiz Adhamjon Ergashev 67 kg vazn toifasida erkaklar o‘rtasida bahslarda ishtirok etdi. O‘zbekiston vakili dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish natijalariga ko‘ra 312 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Afsuski, bu natija sportchimizga medallar uchun kamlik qildi. Ergashev 6-o‘rinni egalladi.
Shu tariqa Ulug‘bek O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 dagi ilk medalini qo‘lga kiritdi.
18:00. Taekvondo. Hozirgina hamyurtimiz Ulug‘bek Rashidov ishtirokidagi final jangi o‘z nihoyasiga etdi. 19 yoshli sportchimiz britaniyalik tajribali Bredli Sindenni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
17:06. Boks. Hozirgina erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida boks bo‘yicha 1/16 final janggi o‘z nihoyasiga etdi. E’tiborlisi, ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshod Ro‘zmetov irlandiyalik raqibi Emmet Brennanni 5:0 hisobida engdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
16:18. Og‘ir atletika. Hamyurtimiz Adham Ergashev 67 kg vazn toifasida erkaklar o‘rtasida dast ko‘tarish bahslarida ishtirok etdi. O‘zbekiston vakili ushbu yo‘nalishda 139 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va 7-o‘rinni egalladi.
Butun arena afsonaviy Chusovitinani qarsaklar ostida kuzatib qo‘ydi.
14:57. Gimnastika. Afsonaviy sportchimiz Oksana Chusovitina ayollar o‘rtasida saralash bahsidagi ishtirokini yakunladi. Afsuski Chusa hakamlar tomonidan 14.166 ballga loyiq ko‘rildi va bu unga 11-o‘rinni keltirdi.
Endi hamyurtimiz navbatdagi bosqichda qo‘shni tojikistonlik Boxodir Usmonovga qarshi ringga chiqadi.
14:35. Boks. -63 kg vazn toifasida 1/16 bosqichda ishtirok etgan hamyurtimiz Elnur Abduraimov mog‘ulistonlik Baatarsuxiyn Chinzorigga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiyin o‘tgan bahsda hamyurtimizning qo‘li baland keldi. Elnur shu tariqa 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
13:20. Velosport. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan velosportchi Olga Zabelinskaya 137 km masofani 3 soat 54 daqiqa 31 soniyada bosib o‘tdi. Bu esa unga 9-o‘rinni olib keldi. Afsuski Olga medallarga da’vogarlik qila olmadi.
G‘alaba!!! Ulug‘bek finalga chiqdi. Hamyurtimizga hal qiluvchi jangda britaniyalik Bredli Sinden raqiblik qiladi.
13:00. Taekvondo. O‘zbekistonlik sportchi Ulug‘bek Rashitovning yarim final jangi boshlandi. Hamyurtimiz 1-raunddan so‘ng Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi a’zosi Nedjat Xusichni 14:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratmoqda.
11:35. Taekvondo. Hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov chorak final bahsini yakunladi. U bu bosqichda eronlik Marxashem Xusayniga qarshi kurash olib bordi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ulug‘bek raqibini 33:22 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uning keyingi raqibi Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi a’zosi Nedjat Xusich bo‘ladi.
09:00. Velosport. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida velosportchimiz Olga Zabelinskaya ham o‘z ishtirokini boshladi. Velosportchimiz shossening guruh poygasi dasturida 137 km masofani bosib o‘tadi.
08:27. Taekvondo. -68 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov 1/8 finalda Janubiy Koreya vakili Li De Xunga qarshi doyanga chiqdi. Murosasiz kechgan kurashda hamyurtimiz 21:19 hisobida 3 karra jahon chempioni hisoblangan tajribali raqibi ustidan g‘alaba qozondi.
07:46. Dzyudo. Ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova 1/16 bosqichda mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.
07:31. Dzyudo. Hamyurtimiz Sardor Nurillaev 1/16 bosqichda moldovalik Denis Vieruga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski bu dzyudochimiz ham imkoniyatni boy berdi.
07:19. Boks. Tokio-2020 Olimpiadasining ikkinchi kun dasturida boks bahslariga ham start berildi. Kunning birinchi jangi hamyurtimiz Tursunoy Rahimova ishtirokida kechdi.
-51 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan vakilimiz polshalik Sandra Drabikka qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda chiroyli jang o‘tkazgan Rahimova raqibasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa hamyurtimiz Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan ilk bokschi sifatida tarixga kirmoqda. Uning keyingi bosqichdagi raqibasi turkiyalik Buse Naz Chakiroo‘g‘lu bo‘ladi.
07:01. Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmirzaev va Sobir Safaraliev. Engil qayiqdagi juftlik bahslarida ishtirok etayotgan vakillarimiz ushbu bosqichda ham to‘rtinchi natijani qayd etishdi. Endilikda ular 13-18 o‘rinlar uchun kurashni davom ettirishadi.
06:30. Taekvondo. Biroz avval taekvondo bo‘yicha navbatdagi bellashuvlarga ham start berildi. Unda hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) o‘zbekistonlik sportchilarning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi uzoq kutilgan g‘alabasiga mualliflik qildi.
Dastlabki saralash bosqichida hamyurtimizga malilik Seydu Mofana raqiblik qildi. Murosasiz kechgan jangda vakilimiz 38:17 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi. Bo‘lajak bahsda ham yurtdoshimizga omad tilab qolamiz.
1.Shahboz Holmirzaev, Sobirjon Safaraliev (eshkak eshish, juftlik) – 06:10
2.Ulug‘bek Rashitov (taekvondo, erkaklar – 68 kg) – 06:14
3.Tursunoy Rahimova (boks, ayollar – 51 kg) – 07:00
4.Sardor Nurillaev (dzyudo, erkaklar – 66 kg) – 07:00
5.Diyora Keldiyorova (dzyudo, ayollar – 52 kg) – 07:00
6.Olga Zabelinskaya (velosport, ayollar 137 km) – 09:00
7.Oksana Chusovatina (gimnastika, ayollar saralash) – 13:05
8.Elnur Abduraimov (boks, erkaklar – 63 kg) – 14:18
9.Adham Ergashev (og‘ir atletika, erkaklar 67 kg) – 15:50
10.Dilshod Ro‘zmetov (boks, erkaklar – 81 kg) – 16:42
Fikrlar
Чемпион ҳам бўлади ҳудо ҳоҳласа Улуғбек ЧЕМПИОН 28:5 ДАҲШАТ.
Аксана Чусоветинани чиқишини бутун Ўзбекистон кўрсин. Биз кўришни ҳоҳлаймиз. МОҚ ҳоҳламаса ҳам Афсоналарни...МТРК...
Анқовлар....
Думбуллар... бошқа нима ҳам диеймиз буларга...