
Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov "yo‘qolib qolgan"ini bilarmidingiz?
Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Tokio Olimpiadasi g‘olibi, mashhur taekvondochi Ulug‘bek Rashitov barchaning e’tiboriga tushdi. Bolaligida 19 yoshli sportchi bilan bog‘liq qiziqarli voqea sodir bo‘lgan.
Mashhur jurnalist, sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzaevning aytishicha, yosh chempion taekvondo bilan shug‘ullanishni boshlagan paytlarida uyiga yaqin bo‘lmagan joyga mashg‘ulotlarga qatnagan. Kunlarning birida Ulug‘bek yo‘l haqi uchun berilgan pulni unutib qoldiradi va uyga yayov qaytishiga to‘g‘ri keladi.
Uning otasi Ismatulla aka xavotir olgani bois, o‘z uyidan mashg‘ulot zali qurib beradi. Shu tariqa, biz bugun tanigan yosh chempionning porloq kelajagi uchun katta qadam tashlanadi.
Siz ham farzandingizga mashg‘ulot zali qurib bering! Bir kun kelib bu o‘z samarasini ko‘rsatmay qolmaydi.
Quyida saytimiz tomonidan Ulug‘bek Rashitov bilan Tokio Olimpiadasi oldidan uyushtirilgan intervyuni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar