Tokio olimpiadasi uchun nechta litsenziya qo‘lga kiritildi?
Har to‘rt yilda o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqa boshlanishiga 363 kun qoldi va hozirgacha ikki nafar sportchimiz allaqachon Tokio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘ldi.
Bular O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin va velosport bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi Olga Zabelinskayalardir. Shuningdek, o‘q otish sport turi bo‘yicha Server Ibragimov paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani naqd qilgan.
Ma’lumot uchun, 2015 yil iyun oyida Rio olimpiadasi uchun faqatgina bitta litsenziya qo‘lga kiritilgan edi. O‘shanda engil atletikachimiz Sitora Hamidova Braziliya poytaxtida o‘tuvchi olimpiadaga birinchilar qatorida litsenziya qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar