Tokio Olimpiadasiga 10 mingga yaqin tibbiyot xodimlari jalb etilishi mumkin

  • 27 yanvar, 2021, 19:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiya hukumati Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga 10 ming nafarga yaqin tibbiyot xodimini jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Yaponiya hukumatida sport sohasida faoliyat olib borayotgan sobiq atlet Seyko Xasimoto parlamentdagi munozaralar davomida ma’lum qildi.

Tecno

Biz jalb qilinadigan 10 mingga yaqin tibbiyot xodimining tarkibini tayyorlashni rejalashtirmoqdamiz”, – dedi Seyko Xasimoto. U shuncha miqdordagi mutaxassislarni Olimpiadaga jalb qilish mahalliy tibbiyot muassasalarining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmasligini bildirdi.

Avvalroq, "Tokio-2020" Tashkiliy qo‘mitasi musobaqalar o‘tkazish paytida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun “Yuqumli kasalliklar bilan kurashish bo‘yicha markaz” hay’at organini tashkil etish rejasini ma’lum qilgan edi.

O‘z navbatida, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilarni vaktsinatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!