
Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan sportchilarimiz soni 2 taga etdi
Bugun Toshkentda davom etayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ayollar 112.8 kilometr masofaga kechgan poygada o‘zaro bahs olib borishdi.
Mazkur yo‘nalish g‘olibga qit’a chempoinligi bilan birga Tokio Olimpiadasining ham yo‘llanmasini berishi ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini tortdi. Quvonarlisi, poyga hamyurtimiz Olga Zabelinskayaning g‘alabasi bilan yakunlandi va shu bilan birga terma jamoamiz a’zosi Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi. Yurtdoshimiz masofani 3 soat, 9 daqiqayu 5 soniyada bosib o‘tdi.
Veloshosse bo‘yicha OCh.
Ayollar, 112.8 km.
1. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston)
2. Axreum Na (J.Koreya)
3. Somaex Ylazdani (Eron)
Ma’lumot uchun, tennischimiz Denis Istomin Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabasidan keyin terma jamoamiz vakillari orasida birinchi bo‘lib Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan edi. Bu borada Olga Zabelinskaya ikkinchi bo‘ldi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar