
“To‘maris” qizlari Tojikistondan g‘alaba bilan qaytdi
Tojikistonning Isfara shahrida voleybol bo‘yicha 2007 yil va undan kichik qizlar jamoalari o‘rtasida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz zafar quchdi.
O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston mamlakatlari jamoalari ishtirok etgan turnirda Vatanimiz sharafini Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanining “To‘maris” jamoasi voleybolchi qizlari himoya qildi.
Bayramona ruhda o‘tgan shiddatli bellashuvlarda mamlakatimizning “To‘maris” jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi va uchinchi pog‘onalardan Tojikistonning “Xo‘jand” va “Isfara” jamoasi voleybolchi qizlari joy oldi.
Fikrlar