Tomas Myuller "Chelsi"ga qarshi o‘yin oldidan raqibiga qanday baho berdi?

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller UEFA Chempionlar ligasi pley-off bahsi "Chelsi"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan raqib jamoa haqida o‘z fikralari bilan o‘rtoqlashdi.

"Chelsi"da yosh iqtidor egalari talaygina topiladi. Shuning uchun o‘yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Ammo "Chelsi" Evropaning eng zo‘r klubi emas, shunday ekan ulardan qo‘rqish yaramaydi", - deydi Myuller.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" - "Bavariya" uchrashuvi 26-aprel oqshomida "Stemford Brij" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!