Tomas Tuxel APLga qaytishi mumkin

  • 18 yanvar, 2023, 14:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik mahoratli murabbiy Tomas Tuxel APLda ish boshlashi mumkin.

Tecno

"Evening Standard" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, "Tottenxem" uni Angliyaga qaytarmoqchi. Londonliklar so‘nggi paytlarda kutilganidek natija qayd eta olmayotgan Antonio Konte o‘rniga nemis mutaxassisini olib kelishni niyat qilgan. Boz ustiga, Kontening shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Tuxel 2021 yilning yanvaridan 2022 yilning sentyabr oyiga qadar "Chelsi"da faoliyat olib borgan. Bu vaqt oralig‘ida u "aristokratlar" bilan Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqqandi.

Ayni paytda "shporlar" Premer liga turnir jadvalida 33 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!