Toni Kroos: "Noyer oʻyinini tomosha qilish qiziqarli boʻlgan yagona darvozabon"
"Real Madrid" va Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerning oʻyini haqida gapirib oʻtdi.
"Manuel Noyer barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi. Bu aniq. Noyerning oʻziga xos oʻyin uslubi bor. U oʻyinini tomosha qilish qiziqarli boʻlgan yagona darvozabon. Uning harakatlari va nafisligi tufayli ajoyib aurasi bor. Manuel Jahon chempionati uchun u hali ham katta farq bilan eng yaxshi nemis darvozaboni boʻlib qolmoqda", - deya Kroosning soʻzlarini keltirdi "Madrid Zone".
Eslatib oʻtamiz, Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini 2024 yilda yakunlagan edi. Avvalroq 40 yoshli darvozabon 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga qaytmasligini maʼlum qilgandi.

Fikrlar