
Toni Kroos "Real"da 400 talik dovonni oltinchi bo‘lib bosib o‘tdi
Ispaniya La Ligasining 25-turidan o‘rin olgan "Espanol" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur bahsni Toni Kroos asosiy tarkibda boshladi. Kroos "Real" Madrid safida barcha musobaqalarda o‘zining 400-uchrashuvini o‘tkazmoqda. Germaniyalik xavbek "qirollik klubi" tarixida ushbu marraga erishgan oltinchi legioner futbolchiga aylanib oldi.
632 - Karim Benzema (Frantsiya)
546 - Marselo (Braziliya)
527 - Roberto Karlos (Braziliya)
471 - Luka Modrich (Xorvatiya)
438 - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)
400 - Toni Kroos (Germaniya)
Fikrlar