To‘pni qaytarolmasang, joyingni bo‘shat!

  • 18 avgust, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” premer-liganing dastlabki ikki uchrashuvida o‘z darvozasidan oltita to‘p olib chiqdi. Hozir Erik ten Xag jamoasi musobaqa jadvalida oxirgi pog‘onada turibdi.

Tecno

David de Xea ligada eng ko‘p gol o‘tkazgan posbonlardan biri hisoblanadi. Unga raqobat tug‘dirish maqsadida klub rahbariyati Myonxengladbaxning “Borussiya”si vakili Yan Zommerni olib kelmoqchi.

Manbalarning ta’kidlashicha, 33 yoshli shveytsariyalik darvozabon Manchesterga kelib, David de Xeaning o‘rinbosariga aylanadi. Agar raqobatda ispan futbolchisini engsa, tabiiy ravishda darvoza unga topshiriladi.

Zommerning myonxengladbaxliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Unga Angliya premer-ligasining boshqa klublaridan ham qiziqish bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!