Topuriya: Bu MMA tarixidagi eng katta jang bo‘ladi

  • 19 may, 2024, 18:58
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya promoushenning ikki vazn toifasida sobiq chempion – Konor MakGregor bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi. Topuriya irlandiyalik yulduz bilan "Real Madrid"ning afsonaviy uy stadioni – "Santyago Bernabeu"da jang qilmoqchiligini aytdi.  

"O‘ylashimcha, Maks Xolloueyga qarshi chempionlik unvonimni himoya qila olaman, keyin esa Konor bilan jang qilishni rejalashtirganman. Agar MakGregor Chendlerni mag‘lub etsa, men Konorni jangga chorlayman. Bu MMA tarixidagi eng katta jang bo‘ladi. Bu to‘qnashuvni 80 ming tomoshabin bevosita "Santyago Bernabeu" stadionidan kuzatib borishi mumkin", – dedi Iliya Topuriya Sportskeeda nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Iliya Topuriya “qirollik klubi”ga muxlislik qilishini bir necha bor ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!