"Torino" "Milan himoyachisini qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" himoyachisi Diego Laksalt faoliyatini "Torino"da davom ettiradi.

26 yoshli futbolchining transferini tomonlar shu haftada kelishib olishdi. Turinliklar futbolchini 11,5 mln evroga sotib olish huquqi bilan 500 ming evroga ijara asosida olishdi.

Bugun tongda, Laksalt tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va yangi bitimga imzo chekgan.

Shu qatorda, urugvaylik himoyachiga "Parma" va "Atalanta" klublari ham qiziqish bildirayotgan edi va futbolchining agenti o‘z mijoziga "Zenit" klubini tavsiya ham qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!