Dunyoning eng qimmat o‘nta ligasida to‘rtta o‘zbek to‘p tepmoqda!

  • 26 avgust, 2023, 22:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat o‘nta ligasini e’lon qildi. Reytingda o‘zgarish ro‘y berdi. Evropaning mashhur futbolchilarini qimmat narxlarga sotib olayotgan Saudiya Arabistoni chempionati kuchli o‘nlikka qo‘shildi.

Tecno

Saudiya Arabistoni ligasi iste’dodlarga boy bo‘lgan va Evropaga futbolchi etkazib berishda etakchilardan bo‘lgan Niderlandiya chempionatidan o‘zib ketdi.

Eng qimmat futbol ligalarida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik o‘yinchilar soni bugungi kunda to‘rt nafarni tashkil qilmoqda.

IMG_3811

Xususan, Eldor Shomurodov umumiy reytingda uchinchi pog‘onada qayd etilgan Italiya A Seriyasida uch yildan buyon to‘p tepmoqda. Bu mavsum O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori yuqori divizion debyutanti “Kalyari” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Beshinchi o‘rinda qayd etilgan Frantsiya chempionatidagi birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga nomini muhrlagan Abduqodir Husanov ham debyutiga tayyorlanmoqda.

19 yoshli markaziy himoyachi Frantsiya vitse-chempioni – “Lans” safidan o‘rin olgan. Abduqodir bu mavsum Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashadigan yagona o‘zbek futbolchisi bo‘ladi.

Yana ikki nafar legionerimiz Turkiya Superligasidan qo‘nim topgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilaridan Otabek Shukurov “Fatih Karagyumryuk” jamoasi safida ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda.

Endi turk ligasiga Husniddin Aliqulov ham yo‘l oldi. Iste’dodli himoyachimiz “Rizespor” jamoasiga qo‘shildi va yangi chempionatda debyutini ham nishonlab ulgurdi.

Aslida bu ro‘yxatda beshinchi o‘yinchi sifatida Jaloliddin Masharipovni ham ko‘rsatishimiz mumkin edi. U “An-Nasr” safida ikki yildan beri to‘p tepib kelayotgan edi. Biroq, bir necha kun oldin hujumkor futbolchimiz Ar-Riyod klubi bilan amaldagi shartnomani bekor qildi.

ronaldu-masharipov

Ligadagi futbolchilarning narxi bo‘yicha eng qimmat chempionatlari o‘nligi va summalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Angliya Premer-ligasi (20 ta jamoa) – € 10,48 mlrd.

 

  1. Ispaniya La Ligasi (20 ta jamoa) – € 4,67 mlrd.

 

  1. Italiya A Seriyasi (20 ta jamoa) – € 4,52 mlrd.

 

  1. Germaniya Bundesligasi (18 ta jamoa) – € 4,14 mlrd.

 

  1. Frantsiya Liga 1 (18 ta jamoa) – € 3,48 mlrd.

 

  1. Braziliya chempionati (20 ta jamoa) – € 1,46 mlrd.

 

  1. MLS (29 ta jamoa) – € 1,29 mlrd.

 

  1. Portugaliya chempionati (18 ta jamoa) – € 1,24 mlrd.

 

  1. Turkiya Superligasi (20 ta jamoa) – € 1,07 mlrd.

 

  1. Saudiya Arabistoni chempionati (18 ta jamoa) – € 1,02 mlrd.

Rossiyaliklar O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydigan futbolchilar nomini e’lon qildi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!