“Toshkent qishi-2019” an’anaviy shaxmat turniri nihoyasiga etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 26 noyabr va 5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Toshkent qishi-2019” an’anaviy shaxmat turniri bugun o‘z nihoyasiga etdi.

“A” va “B” guruhlariga bo‘linib dona surishgan shaxmatchilar bugun Xalqaro Shaxmat akademiyasi binosida medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Umumiy hisobda 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan ushbu turnir, shveytsarcha tizimda 9 turdan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, turnir mukofot jamg‘armasi 5 million so‘mdan oshiqroq bo‘ldi.

“Toshkent qishi-2019” an’anaviy turnirida yurtimizning turli hududidan ko‘plab yosh iste’dod vakillari qatnashishdi.

“A” guruhi g‘oliblari:
1. Abduhakimova Hilola
2. Olimjonov Sarvarbek
3. Karimbaev Ziyniddin
Qizlar o‘rtasida g‘olib:
Husainova Ozoda
Fahriylar o‘rtasida g‘olib:
Karimov Sobirjon
14 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida:
Raimqulov Hidirdavlat

“B” guruhi g‘oliblari:
1. Ergashev Shohruh
2. Dovuro Olimjon
3. Ravshanov Bekzod


Qizlar o‘rtasida

1 o‘rin Davlatova Sevinch


11 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1. Ne’matjonov Zikrullox
2. Pulatov Ibroxim
3. Murodjonov Xondamir

9 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1. Nabiev Abdumutal
2. Sultanov Ulugbek
3. Abdukaxxorov Abdukamol

7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1. Saidazimov Saidakrom
2. Erkinov Ja’far
3. Abduxalikov Shavkatjon


9 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar o‘rtasida:
1. Xabibullaeva Ruxshona
2. Abrorova Zaynura
3. Djumaniyazova Zebiniso


7 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar o‘rtasida:
1. Abdumannopova Madina
2. Agzamova Solixa
3. Teshaboeva Munisa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!