
Toshkent yana bir katta turnirga mezbonlik qiladi!
Shu yilning 14-20 aprel kunlari O‘zbekiston sambo bo‘yicha nufuzli musobaqalardan biriga mezbonlik qiladi. Toshkent shahrida o‘smirlar, yoshlar, kattalar, ko‘zi ojizlar va sport ustalari o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati o‘tkaziladi.
Bellashuvlar poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida tashkil etiladi.
Bu haqda O‘zbekiston sambo federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar