
Toshkentda bo‘ladigan boks oqshomida Mirazizbek Mirzahalilov kimga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘ldi
13 avgust kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena"da Lift Promotions kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Shu kuni ringga ko‘tariluvchi jahon va Osiyo chempioni Mirazizbek Mirzahalilovning (1-0, 1KO) raqibi aniq bo‘ldi. U qirg‘izistonlik Turar Osmonov (4-2-1, 3KO) bilan to‘qnash keladi.
Shuningdek, boks oqshomida Olimpiada chempioni braziliyalik Xebert Souza, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan kubalik Hedier Herrera, Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov, Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov, jahon chempionatlari sovrindori Jasurbek Latipov, Mujibillo Tursunov va boshqa bokschilar ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar