Toshkentda fitnes bo‘yicha murabbiylar uchun Level 1 xalqaro o‘quv-kurslari bo‘lib o‘tmoqda

  • 16 aprel, 2019, 15:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi mamlakatimizdagi murabbiylar malakasini oshirish va bu yo‘nalishdagi ishlarni rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, joriy yilning 15 aprel kuni Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar uchun OFKning Level 1 o‘quv-kurslari boshlandi. O‘quv kurslarini FIFA va OFK instruktori iordaniyalik Muhammad Tiyabat olib boryapti. Kurslarda jami 16 nafar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar ishtirok etishmoqda.

O‘quv kurslari 19 aprelga qadar davom etadi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlagan murabbiylarga OFKning Level 1 xalqaro sertifikatlari topshiriladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!