Toshkentda "KELES OPEN" xalqaro turniri o‘tkazildi

  • 23 iyun, 12:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 21-22 iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi bo‘yicha "Keles Open" oltinchi an’anaviy xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani bo‘limi, Toshkent tumani sport maktabi kabi qator tashkilotlar "Keles Karate" sport klubi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur xalqaro turnir yuqori saviyada tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi PQ- 356 sonli "Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash hamda iqtidorli sportchilarni saralash orqali terma jamoalarga munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan hamda qo‘shni Qozog‘iston va Tojikiston davlatlardan 4 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yoshdan katta bo‘lgan 700 nafardan ziyod sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan oltinchi an’anaviy turnirni Toshkent tumani sport maktabi murabbiyi, "Keles Karate" sport klubi rahbari Dilshod Yusupov, musobaqa bosh kotibi Bekzod Abdulhamidov, bosh hakam Sanjar Maqsudov, Toshkent viloyati bosh murabbiyi Xurshid Shodibekovlar boshchiligidagi 30 nafar hakamlar guruhi boshqarib borishdi.

Turnirning tantanali ochilish va g‘oliblarni  taqdirlash marosimida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, O‘zDJTSUning Jangavor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri,  dotsent Shuhrat Arslonov, xalqaro toifadagi sport ustasi Komil Adilov va boshqalar ishtirok etdi. Musobaqa doirasida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tomonidan xalqaro musobaqalarda natija ko‘rsatgan Toshkent tumani yosh karatechilarini ham  alohida tabriklab, ularga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirdi. 

Ikki kun davom etgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalirga ko‘ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Sirdaryo viloyati jamoasi egallagan bo‘lsa, ikkita uchinchi o‘rin Toshkent shahar va xorazmliklarga nasib etdi.
Musobaqada barcha vazn toifasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!