"Tottenxem" APL klubidan futbolchi olmoqchi

  • 17 yanvar, 2022, 18:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" o‘z tarkibini sifatli futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Turk insayderi Ekrem Konur bergan ma’lumotlarga qaraganda, londonliklar "Vulverxempton" vingeri Adama Traoreni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu transferni bosh murabbiy Antonio Konte so‘ramoqda.

Katta ehtimol bilan, "shporlar" uni qishki transfer oynasida ijaraga oladi va mavsum so‘ngida to‘liq xarid qiladi. Uning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 28 million evroni tashkil etadi.

Joriy mavsum 25 yoshli Traore 22 o‘yinda o‘z hisobiga 1 assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!