"Tottenxem" bir kun ichida braziliyalik yulduz transferini e’lon qiladi

  • 30 iyun, 2022, 12:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" "Everton" hujumchisi Risharlison transferiga yaqin turibdi. 

"Sky Sports" nashri bergan xabarga ko‘ra, "shporlar" ushbu transferni yaqin 24 soat ichida e’lon qiladi. Ayni vaqtda ikki jamoa muzokaralar olib bormoqda va ular kelishuvga erishish arafasida turibdi. 

"Irischilar" o‘z yulduzini juma kuniga qadar, aniqrog‘i, moliyaviy yil yakuniga etgunga qadar sotishni istamoqda. Shunday qilib, ular APLning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmagan hisoblanadi. 

Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, "shporlar" allaqachon braziliyalik futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishib bo‘lgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!