“Tottenxem” bir urinishda “Chelsi” va Ryudiger muzokarasini to‘xtatib qo‘ydi

  • 3 dekabr, 2021, 13:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik  jurnalist Maks Bilefeld mashhur himoyachi Antonio Ryudiger va “Chelsi” o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgani haqida xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, bundan vaziyat yuzaga kelishiga “Tottenxem”ning taklifi sabab bo‘lgan. Antonio Konte jamoasi Ryudigerga qiziqayotgan to‘rt klub orasida eng manfaatli bitim taklif qilgan.

Shundan so‘ng, germaniyalik futbolchi “aristokratlar” shartnomasini qabul qilishga ikkilanib qolgan va muzokaralarni to‘xtatgan. Mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan himoyachi hali bir qarorga kelishga tayyor emasligini ta’kidlayapti.

Ryudigerga og‘iz solayotgan jamoalar orasida “Bavariya”ning ham imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!