"Tottenxem" bu toifa klublarga Keynni sotmaydi

  • 31 may, 2023, 23:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" Xarri Keynni "Manchester Yunayted"ga o‘tishiga ruxsat bermaydi.

"Evening Standart" xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" transfer oynasi boshida Keyn bo‘yicha taklif bilan chiqish niyatida, ammo "Tottenxem" summadan qat’i nazar, uni rad etadi. Klub prezidenti Daniel Levi hujumchini Premer-liga klubiga qo‘yib yuborishni istamayapti.

Tecno

Qayd etilishicha, “Tottenxem” Keynni saqlab qolmoqchi, biroq xorijdan takliflarni tinglashga tayyor. Avvalroq, hujumchiga madridliklar qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi - "qaymoqranglilar" Karim Benzema ketgan taqdirda Keyn bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!