
"Tottenxem" bugun yangi bosh murabbiy nomini e’lon qiladi
"Tottenxem" qoniqarsiz natijalari tufayli Nunu Eshpiritu Santuni iste’foga chiqarib yubordi.
Uning o‘rniga tayinlanishi kutilayotgan Antonio Konte jamoa rahbariyati bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan. Ma’lum bo‘lishicha, italiyalik mutaxassis bugun rasman "shporlar" bosh murabbiyi etib tayinlanadi.
Shundan so‘ng, Konte londonliklar boshqaruvida payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Konferentsiyalar ligasi doirasidagi "Vitess" klubiga qarshi bahsda debyut qiladi. Avvalroq, tomonlar 2023 yilga qadar amal qiladigan shartnoma imzolashi va u 18,3 million evro ishlab topishi xabar berilgandi.
52 yoshli murabbiy avval ham APLda ishlagan. Antonio Londonning boshqa bir jamoasi "Chelsi" bilan Premer-liga oltin medallariga ega chiqqandi.
Fikrlar