"Tottenxem" Eriksenga o‘rinbosarni "Ayaks"dan topdi

  • 12 noyabr, 2019, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Tottenxem" klubi "Ayaks" xavbeki Xakim Zieshning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” Zieshni jamoadan ketishi kutilayotgan daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. Aytish kerakki, London grandi 26 yoshli marokashlik futbolchi uchun amsterdamliklarga 40 mln evro to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Ziesh joriy mavsum “Ayaks” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 15 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!