
"Tottenxem" faoliyatini yakunlagan darvozabon bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Tottenxem" asosiy darvozabon Ugo Lorisning jarohati sabab yangi posbon izlamoqda.
"Daily Mirror" nashri xabariga ko‘ra, London klubi 39 yoshli Ben Fosterga murojaat qilishi mumkin. Sentyabr oyida darvozabon bir necha oy klubsiz qolganidan so‘ng faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
"Shporlar" Fosterni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishi mumkin. Biroq klub uni tarkibga qo‘shish uchun premer-ligadan maxsus ruxsat olishi kerak.
Angliyalik posbon butun faoliyati davomida faqat Angliyada o‘ynagan. U eng ko‘p "Vest Bromvich" (223) va "Uotford" (207) safida maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte shogirdlari hozirda APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar