"Tottenxem" futbolchilari Pochettinoni restoranga taklif qilishdi

  • 25 oktabr, 2019, 17:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni Londondagi qimmat restoranlardan biri hisoblangan Mayfair restoraniga taklif qilishdi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Xarri Keyn, Son Xin Min, Erik Lamela va Kristian Eriksen kabi futbolchilar argentinalik futbolchiga xat yozishgan va uni APL yulduzlarining sevimli joyiga aylangan Mayfair restoraniga taklif qilishgan. U erda futbolchilar Pochettinoni mehmon qilishgan va unga o‘z qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem” APLning o‘tgan 9 ta turidan so‘ng 12 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida esa “shporlar” o‘z guruhlarida 2-o‘rinda borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!