"Tottenxem" futbolchisi oktyabr oyi oxirigacha maydonga tusha olmaydi
“Tottenxem” klubi va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Jovani Lo Chelso Chiliga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida jarohat oldi.
“Shporlar” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli klub qarorgohiga kutilganidan tezroq qaytgan. Boisi, u jarohatidan klub qarorgohida davolanadi. Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda Lo Chelso oktyabr oyi oxirigacha maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” Lo Chelsoni yozgi transferlar davrida “Betis” klubidan ijaraga olgan edi. U hozircha APLda jami 3ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar